Farrux Xamrayev-Sani Deb歌曲免费下载

《Farrux Xamrayev-Sani Deb》歌曲详情

Yuragim og‘ridi, mani boshim og‘ridi

Xabaring yo‘q sani, mani jonim og‘ridi

Nima kerak edi o‘shanda mani tanlab?

Qani gapir, o‘yin qildingmi ataylab!?

Avval salom-alik, va boshida yaxshilik

Mahallam degan eding, “Uzoq emas Sirg‘ali”

Hammasi joyida, buni farqi yo‘q edi

Chunki, mani ko‘zlaring sehrlab qo‘ygan edi

O‘tdi bir kun, faqat sms tungacha

O‘tdi uch kun, va shirin suhbat tonggacha

Hali yuragim o‘rganmagan edi shu kungacha

Sani sog‘inaman ertalabdan kechgacha

Qanaqa shirin eding, “Shirinim” der eding

Har kuni uyerga-buyerga mani olib boring der eding

Ishxona norozi, ruxsat olishim qiyin

San chaqirganda edi boshqalarni gapi bir tiyin

Qara hayotimda juda katta o‘zgarish

Sani deb urushganda yuzlarimda ko‘karish

Bu qanaqa hayot, xayollarim gangigan?

Har kuni tongda man daydiganim daydigan, eh

Sani deb, sog‘ligim yo‘qotdim

Sani deb, yozda sovuq qotdim

Sani deb, man qarzlarga botdim

Sani deb, sani deb

Sani deb, oromim yo‘qotdim

Sani deb, vijdonimni sotdim

Sani deb, o‘zimga tosh otdim

Sani deb, sani deb

“Gul” desang atirgul, “pul” desang mana pul

Deganing degan edi, yengil tabiat nuqul

Uydan qochib ketish, uyga kechikib kelish

Dedilar: “O‘zgaribsan” — hattoki tanish-bilish

Man uchun yopildi ishxonaning eshigi

Sanga kerak edi chaqaloqning beshigi

Harajat ko‘p edi, nimalar qilib qo‘ydim?

Faqat ko‘rinar edi hamyonimning teshigi

Qani endi, asalim, sani shirin so‘zlaring?

Kulib turar edi doim qora ko‘zlaring

Ochila boshladi sani asl yuzlaring

Endi nima “Nima” desam, deysan “Hech nima!”

Shumidi oqibat, shumidi muhabbat?

Bunaqa muhabbatga deyman endi ming lanat

“Sevaman” der eding, “Qolaman” der eding

“Yaxshi-yomon kunda ham, jonim, abadul-abad”

Jazirama quyosh, ko‘chada olomon

Man esa qidiraman qo‘l ko‘targani hamon

Bir-ikki so‘m topay deya shoshib odamlar tomon

Omon-omon, chunki yomon, mani rangim somon

Keragim endi yo‘q, hattoki sanga ham

Balki kerak edim avval gadoylarga ham

Loyiq ekan faqat sevgiga ota-ona

Har qanaqa kunda ham boshginamda parvona

Sani deb, sog‘ligim yo‘qotdim

Sani deb, yozda sovuq qotdim

Sani deb, man qarzlarga botdim

Sani deb, sani deb

Sani deb, oromim yo‘qotdim

Sani deb, vijdonimni sotdim

Sani deb, o‘zimga tosh otdim

Sani deb, sani deb

Sani deb, sog‘ligim yo‘qotdim

Sani deb, yozda sovuq qotdim

Sani deb, man qarzlarga botdim

Sani deb, sani deb

Sani deb, oromim yo‘qotdim

Sani deb, vijdonimni sotdim

Sani deb, o‘zimga tosh otdim

Sani deb, sani deb

下载地址:

此为隐藏内容,需人机验证后查看下载!