Sherali Jo'rayev-O'zbegim歌曲免费下载

《Sherali Jo'rayev-O'zbegim》歌曲详情

作词 : Sherali Jo'rayev

作曲 : Sherali Jo'rayev

Tarixingdir ming asrlar

Ichra pinhon, o'zbegim

Tarixingdir ming asrlar

Ichra pinhon, o'zbegim

Senga tengdosh Pomiru

Oqsoch Tiyonshon, o'zbegim

So'ylasin Afrosiyobu

So'ylasin O'rxun xati

Ko'hna tarix shodasida

Bitta marjon, o'zbegim

Al-Beruniy, Al-Xorazmiy

Al-Farob avlodidan

Asli nasli balki O'zluq

Balki Tarxon, o'zbegim

Qaysari Rum nayzasidan

Bag'rida dog' uzra dog'

Chingizu Botu tig'iga

Ko'ksi qalqon, o'zbegim

Chingizu Botu tig'iga

Ko'ksi qalqon, o'zbegim

Tuzdiyu Mirzo Ulug'bek

Ko'ragoniy jadvalin

Sirli osmon toqiga ilk

Qo'ydi narvon, o'zbegim

Mir Alisher na'rasiga

Aks-sado berdi jahon

She'riyat mulkida bo'ldi

Shohu sulton, o'zbegim

Mirzo Bobur - sen, fig'oning

Olam uzra soldi o't

Shoh Mashrab qoni senda

Urdi tug'yon, o'zbegim

Shoh Mashrab qoni senda

Urdi tug'yon, o'zbegim

Ortda qoldi ko'hna tarix

Ortda qoldi dard, sitam

Ortda qoldi ko'hna tarix

Ortda qoldi dard, sitam

Ketdi vahming, bitdi zahming

Topdi darmon, o'zbegim

Ketdi vahming, bitdi zahming

Topdi darmon, o'zbegim

Qayga borsam, boshda do'ppim

G'oz yurarman gerdayib

Qayga borsang, boshda do'pping

G'oz yurarsan gerdayib

Olam uzra nomi ketgan

O'zbekiston, o'zbegim

Olam uzra nomi ketgan

O'zbekiston, o'zbegim

Menga Pushkin bir jahonu

Menga Bayron bir jahon

Lek Navoiydek bobom bor

Ko'ksi osmon, o'zbegim

Lek Navoiydek bobom bor

Ko'ksi osmon, o'zbegim

Bo'ldi osmoning charog'on

To'le xurshidi bilan

Bo'ldi asriy tiyra shoming

Shu'la afshon, o'zbegim

Madh etarman, ona yurtim

Ko'kragimni tog' qilib

Ko'ksida tog'lar ko'targan

Tanti dehqon, o'zbegim

Ko'ksida tog'lar ko'targan

Usta dehqon, o'zbegim

O'zbegim, deb keng jahonga

Ne uchun madh etmayin

O'zligim bilmoqqa davrim

Berdi imkon, o'zbegim

Men buyuk yurt o'g'lidurman

Men bashar farzandiman

Lekin avval senga bo'lsam

Sodiq o'g'lon, o'zbegim

Bu qasidam senga, xalqim

Oq sutu tuz hurmati

Erkin o'g'lingman, qabul et

O'zbegim, jon o'zbegim

Bu qasidam senga, xalqim

Oq sutu tuz hurmati

Erkin o'g'lingman, qabul et

O'zbegim, jon o'zbegim

Erkin o'g'lingman, qabul et

O'zbegim, jon o'zbegim

下载地址:

此为隐藏内容,需人机验证后查看下载!