Shohruhxon-Darak yo'q歌曲免费下载

《Shohruhxon-Darak yo'q》歌曲详情

O’zbekiston toshkent

Lyrcs by: Shohruhxon Yuldoshev

Tekst by:Abdukerim akam

Qishlar ham o`tdi, sendan esa darak yo`q,

Bahoru yozlar o`tdi, sendan darak yo`q,

Xazonlar to`kildi kuzda, darak yo`q.

Oradan qancha yillar o`tdi, xabar yo`q,

Sen ketgan kundan beri menda orom yo`q,

Charchadim, sensizlikka malham yo`q.

Qaytmasliging bilsam ham, nega kutaman?

O`zimni balki shu bilan ovutaman!

Bilmayman, endi sensiz netaman?

Sog`inchimga aslo qarshi borolmayman,

Unutay deyman-u, lek unutolmayman,

Tinmayman, seni yana kutaman.

Xayolimda sen o`zing, yuragimda sen o`zing,

O mani dardim, dardim, dardim sen o`zing.

Xayolimda sen o`zing, yuragimda sen o`zing,

O mani dardim, dardim, dardim o`zing, faqat o`zing.

Senga aytolmagan hali so`zlarim bor,

Bir ozga bo`lsa ham yo`qlasayding bir bor,

Quchardim, rozi edim so`nggi bor.

Xayr demay ketding, senga to`yolmadim,

Vidolashishga ham aslo ulgurmadim,

Bilmadim, sendan o`zga demadim, demadim.

Balki hali ham kech emasdir, ber sado,

Paydo bo`lsang, quvonchdan bo`laman ado,

Ketmasdim yoningdan bir zum aslo, hech aslo.

Telbaga aylanmoqdaman men tobora,

Ko`zlarim seni izlash bilan ovora,

Dardimga topolmadim bir chora.

Xayolimda sen o`zing, yuragimda sen o`zing,

Yuragim dardi, dardi, dardi sen o`zing.

Xayolimda sen o`zing, yuragimda sen o`zing,

O mani dardim, dardim, dardim o`zing, faqat o`zing.

Senga utloza qilsam, sendan darak yo`q,

Ko`z yoshlarim qolmadi, sendan darak yo`q…

Jonini sog’inganlar uchun

https://lyricstranslate.com/en/shohruhxon-daraq-yoq-lyrics.html

下载地址:

此为隐藏内容,需人机验证后查看下载!