Ulug'bek Rahmatullayev-Dadamga Ichirmang歌曲免费下载

《Ulug'bek Rahmatullayev-Dadamga Ichirmang》歌曲详情

作词 : Ulug'bek Rahmatullayev

作曲 : Ulug'bek Rahmatullayev

Men uchun dunyoda eng achinarli holat

yoki manzara bu oyog`ida tura olmaydigan mast otaning

yonidagi o`spirin o`g`li goh yiqilib, goh yelkalab, goh yig`lab,

uyalib, sudrab uyiga olib ketayotganidir.

Taklif bilan bir to`yga bordim.

To`yxonada sharob shinavandalari juda ko`p ekan.

9-10 yoshlardagi bir bola

aroq quyib uzatayotgan odamning bilagiga osilib,

nimalardir deyayotganini ko`rib qoldim.

Odamlar uni turtib, siltalab haydayotganiga ko`zim tushib qoldi.

Oxiri men uni yonimga chaqirib,

“Nima deyapsan, bolam?”, dedim. U esa: “Amakijon, iltimos ayting, dadamga ichirishmasin”,deb yig`lab yubordi.

Dunyo ko`zimga qorong`u bo`lib ketdi.

Xullas, to`y ham tatimadi…

Beadab denglar bexos,

Mayliga, kechirmanglar.

Amakilar, iltimos,

Dadamga ichirmanglar.

Yotib olsalar netaman?

O`lib qolsalar netaman?

Haydamanglar, ketaman,

Dadamga ichirmanglar.

Boshlarga otmang g`amni,

Zahar qilmang xush ta’mni,

Uradilar onamni,

Dadamga ichirmanglar.

Dadamga ichirmanglar.

∮Music∮ ∮音乐∮ ∮Accord∮

Ikki dunyo keragim,

Davlatshohim, bilagim,

Mazasi yo`q yuragin,

Dadamga ichirmanglar.

Dadamga ichirmanglar.

Qanday dadam bor edi,

Bir so`zimga zor edi,

Umrini aroq yedi,

Dadamga ichirmanglar.

Yo o`ch bormi bizlardan?

O`tinaman sizlardan,

Uyalyapman do`stlardan,

Dadamga ichirmanglar.

∮Music∮ ∮音乐∮ ∮Accord∮

Shunday bo`lsa ulfatlar,

Keltirsalar kulfatlar,

Bag`rim cho`qir kalxatlar,

Dadamga ichirmanglar.

Uxlayman alam bilan,

Dilimda yaram bilan,

To`p o`ynay dadam bilan,

Dadamga ichirmanglar.

Ko`taraman bosh zo`rg`a,

Tiriklay kirdim go`rga,

Aylandilar mayxo`rga,

Dadamga ichirmanglar.

Qanday dadam bor edi…

下载地址:

此为隐藏内容,需人机验证后查看下载!